Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda Mobile ID dan foydalanish boshlandi (video)

O‘zbekistonda Mobile ID dan foydalanish boshlandi (video)

Foto: «my.gov.uz»

«Elektron hukumat»  tizimlariga kirishda shaxsni identifikatsiyalash va tasdiqlashning yangi moduli – Mobile-ID (mobil telefon orqali) sinov tartibida ishga tushdi.

Endi ushbu modul yordamida fuqarolar doimo yonida olib yuruvchi mobil telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tib, barcha davlat xizmatlaridan (moliyaviydan tashqari) Elektron raqamli imzosiz foydalanishlari mumkin.

Faqat buning uchun smartfonimizga my.gov.uz mobil ilovasi yuklab olingan bo‘lishi kerak.

MyGov ilovasi (Google Play va App Store) orqali ro‘yxatdan o‘tish mutlaqo bepul.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring