Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda frilanserlar soni 42 mingdan oshdi

O‘zbekistonda frilanserlar soni 42 mingdan oshdi

Foto: «Xabar.uz»

Yil boshidan beri AKT sohasida o‘zini o‘zi band qilgan sifatida soliq organlaridan rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan hamyurtlarimiz soni deyarli ikki yarim barobar o‘sib, 42 mingdan ortdi.

«Ular o‘z bilim va ko‘nikmalariga ishonib yaxshi daromadli ishni o‘zlari istagan vaqtda va istalgan joyda qilishni tanlaganlar. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar bozorida frilans xizmatlariga talab kun sayin ortmoqda, buning uchun faqat internetda bo‘sh vaqtingizda o‘z ustingizda ko‘proq ishlashingiz kerak bo‘ladi», deya munosabat bildirdi AKT vaziri Sherzod Shermatov.

Soha rahbari frilanserlik imkoniyatlari va odatdagi savollarga javoblarni quyidagi tadbir videolari orqali olish mumkinligini eslatdi:

1) https://www.facebook.com/SherzodXotamovichShermatov/videos/336220228478206/

2) https://www.youtube.com/watch?v=e76LuJ7E8Gc

«Bu faqat rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan frilanserlar soni, rasmiy ro‘yxatdan o‘tmasdan ishlayotganlar ham yana anchagina bo‘lsa kerak. Ularga ham rasmiy ro‘yxatdan o‘tib qo‘yishni tavsiya etamiz», qayd etadi vazir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq frilanserlik orqali O‘zbekistonda yuqori daromad topmoqchi bo‘lganlar uchun AKT vaziri bilan onlayn tarzdagi ochiq muloqot tashkil etilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring