Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda «Aqlli shahar» konsepsiyasi muhokamaga qo‘yildi

O‘zbekistonda «Aqlli shahar» konsepsiyasi muhokamaga qo‘yildi

Foto: «Norma.uz»

O‘zbekistonda «Aqlli shahar» konsepsiyasi ishlab chiqildi. Konsepsiya loyihasi Innovatsiya vazirligi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga kiritildi.

Konsepsiyani joriy qilishdan asosiy maqsad, innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda hududlarda zamonaviy sanoat zonalari va infrastrukturalarni yaratish hisoblanadi.

Konsepsiya doirasida aqlli transport, elektron militsiya, xavfsizlik tizimi, elektron ta’lim, elektron sog‘liqni saqlash, aqlli energetika va suv ta’minoti kabi yo‘nalishlarda texnologiyalar joriy qilinadi.

Loyihaga ko‘ra, O‘zbekistonda aqlli transport faoliyati yo‘lga qo‘yiladi, elektromobillar quvvatlanishi uchun maxsus stansiyalar quriladi.

Elektron ta’lim tizimida ta’lim jarayoniga yangi innovatsion usullar joriy etiladi va masofaviy ta’lim olish imkoni yaratiladi.

Elektron sog‘liqni saqlash bemorlarning yagona axborot bazasi shakllantirilishiga zamin yaratadi. Bundan tashqari, elektron tibbiy kartalar ham joriy qilinadi.

Aqlli energetika va kommunal xo‘jalik tizimi bo‘yicha qayta tiklanuvchi resurslar joriy etiladi. Isitish va sovitish qurilmalari avtomat ravishda ishlaydi.

Loyiha ijrosining asosiy koordinatori Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring