O‘zbekistonda «Apple» kompaniyasining rasmiy ofislari ochiladi
Bu haqda AOKAda o‘tgan brifingda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati rahbari Sherzod Ahmatov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2020-yil 1-noyabr holatiga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan O‘zbekistonga mobil telefonning qonuniy importi qariyb 10 baravarga oshgan.
2020-yil yanvardan 1-noyabrgacha O‘zbekiston 781,7 ming mobil telefon import qilgan.
Dunyodagi TOP-10likka kiradigan «Samsung» kompaniyasining respublikamizda 4 rasmiy ofisi ochildi.
Yaqin kunlarda «Apple» kompaniyasining ham rasmiy ofislari ochilishi rejalashtirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter