O‘zbekiston va Tatariston AT va innovatsiyalar sohasida hamkorlik qiladi
Joriy yilning 28-fevralidan 2-martiga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligi vakillaridan iborat O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Qozon shahriga tashrifi amalga oshirildi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Tashrif doirasida Tataristonning yetakchi AT-kompaniyalari, innovatsion «Startap-loyihalari» hamda texnologik parklari bilan istiqboldagi hamkorlik va sheriklik munosabatlari o‘rnatilgan.
Hamkorlikdagi ishchi guruhi tomonidan Tatariston axborotlashtirish va aloqa vazirligi bilan birgalikda yaqin vaqt ichida hamkorlikni jadallashtirish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsiyalar sohasidagi istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni shakllantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Yo‘l xaritasi «startap-ekotizimlar», istiqbolli loyihalarni moliyalashtirishning venchurli mexanizmlarini joriy etish, AT-ta’limni rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlarni nazarda tutadi.
«Innopolis» innovatsiya parki va Qozon AT-parkiga tashrif yakunlariga ko‘ra, hamkorlik to‘g‘risidagi tegishli kelishuvlar imzolandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter