Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekiston pochtasi» onlayn savdo maydonchasini ishga tushirdi

«O‘zbekiston pochtasi» onlayn savdo maydonchasini ishga tushirdi

Foto: Sayt sahifadan skrinshot

«O‘zbekiston pochtasi» AJ respublikamizda elektron tijoratni yanada rivojlantirish va ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarining xaridorgirligini oshirish maqsadida milliy onlayn savdo maydonchasini ishga tushirdi.

Qayd etilishicha, «Unisavdo.uz» milliy onlayn savdo maydonchasi platformasi test tartibida ishlamoqda.

Bu tizim orqali tadbirkorlar ishlab chiqargan mahsulotlarini respublika bo‘yicha savdoga chiqarishlari mumkin bo‘ladi. «O‘zbekiston pochtasi» AJ esa maydoncha orqali xarid qilingan mahsulotlarni xaridor manzili bo‘yicha yetkazib beradi. Bunda milliy operator xaridor va sotuvchi o‘rtasida kafil bo‘lishdek ma’suliyatli vazifani o‘z bo‘yniga oladi.

Hozirda fuqarolarimiz xorijiy internet do‘konlaridan mahsulot xarid qilishni yaxshi o‘zlashtirishgan. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini O‘zbekiston bo‘ylab sotilishi hali unchalik rivojlanmagan. «O‘zbekiston pochtasi» AJ tadbirkorlarga o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarini sotish uchun maxsus maydoncha va manzilga jo‘natadigan tizimni taklif etmoqda. Yaqin kelajakda mahsulot saqlaydigan omborxona, mahsulotni qadoqlaydigan tizimlar ham yo‘lga qo‘yiladi. Bu ikki tomon uchun ham qulay muhit va daromad manbai sanaladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring