Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston ochiq ma’lumotlar reytingida eng yuqorilagan mamlakat bo‘ldi

O‘zbekiston ochiq ma’lumotlar reytingida eng yuqorilagan mamlakat bo‘ldi

O‘zbekiston «Open Data Inventory 2020/21» (ODIN) ochiq ma’lumotlar reytingida bir yo‘la 125 pog‘onaga ko‘tarilib, dunyoda 44-o‘rinda, Markaziy Osiyoda esa 1-o‘rinda qayd qilindi. 

Joriy yil ushbu reytingda 186 mamlakat qatnashgan. Unda O‘zbekiston ochiq ma’lumotlar reytingida eng yuqorilagan mamlakat sifatida e’tirof etilgan.

«O‘zbekiston yuqori o‘sishga erishdi. Bu mamlakatning ko‘rsatkichlari 2018-yilda 39 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 2020-yilda 73 foizga o‘sdi. O‘zbekiston o‘zining ochiqlik siyosatini ma’lumotlarni erkin olishga, ularni veb-sayt orqali avtomatik tarzda taqdim etilishini ta’minlashga qaratdi. 2020 yilning may oyida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Open Data Watch tomonidan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan ochiq ma’lumotlar seminarida qatnashdi», — deyiladi hisobotda.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil mazkur reytingda O‘zbekiston 169-o‘rinda qayd etilgan edi.

«Open Data Inventory» rasmiy statistika kamchiliklarini aniqlash, ochiq ma’lumotlar siyosatini ilgari surish, milliy statistika organlari  bilan ma’lumotlardan foydalanuvchilar o‘rtasida muloqotni yaxshilash va rag‘batlantirishga qaratilgan qamrov va ochiqlikni baholaydi.

ODIN – ochiq ma’lumotlar va rasmiy statistika o‘rtasida faoliyat olib boruvchi xalqaro notijorat tashkilotdir.

ODINda baholanadigan ma’lumotlar milliy statistika organlari rasmiy veb-saytida e’lon qilingan yoki MSO veb-saytidan havola mavjud bo‘lgan mamlakatning boshqa rasmiy saytlarida e’lon qilingan bo‘lishi kerak. Davlatlarning ochiqlik indeksini hisoblashda tashqi savdo va bojxona sohasidagi ma’lumotlarning ochiqligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring