O‘zbekiston Markaziy Osiyo yetakchisiga aylandi — Global Innovation Index
O‘zbekiston Global Innovation Indexda ilk marotaba innovatsion rivojlanish bo‘yicha Markaziy Osiyoning yetakchisiga aylandi. Jahon reytingida 4 pog‘ona yuqorilagan O‘zbekiston 132 davlat orasida 82-o‘rinni egalladi.
Shuningdek, O‘zbekiston boshqa nufuzli xalqaro reytinglardagi o‘rnini ham sezilarli darajada yaxshiladi:
- «Hukumat samaradorligi» ko‘rsatkichida 22 pog‘onaga ko‘tarildi;
- «Siyosiy barqarorlik va zo‘ravonlik/terrorizimning mavjud emasligi» ko‘rsatkichida 19 pog‘onaga o‘sdi;
- «Tartibga solish sifati» yo‘nalishida 33 pog‘onaga o‘sdi;
- «Korrupsiyani tiyib turish» indikatoridagi natijasi 15 pog‘onaga yaxshilandi;
- «Huquq ustuvorligi» yo‘nalishida 13 pog‘onaga ko‘tarildi;
- «Aholi fikrini hisobga olish va hisobdorlik» ko‘rsatkichi bo‘yicha 12 pog‘ona yuqoriladi.
Kecha, 28-sentyabr kuni yangilangan BMTning elektron hukumatlarning rivojlanish darajasi bo‘yicha reytingi (UN E-Government Survey)da O‘zbekiston 18 pog‘ona yuqorilab, 69-o‘ringa ko‘tarilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter