Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston joriy yilda IT eksporti hajmini 100 mln dollarga yetkazmoqchi

O‘zbekiston joriy yilda IT eksporti hajmini 100 mln dollarga yetkazmoqchi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov IT Park’da AQSh Savdo vazirining xalqaro savdo bo‘yicha o‘rinbosari Marisa Lago bilan uchrashdi.

Dastlab, O‘zbekistonda IT Park tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida taqdimot o‘tkazildi.

Shundan so‘ng muzokaralar chog‘ida o‘zaro manfaatli sheriklikni kengaytirish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi. AQSh Savdo vazirligi vakili o‘zaro savdo va sarmoyaviy aloqalarni kengaytirish va O‘zbekistonda AKT sohasini rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma dastur va tashabbuslarni ilgari surishda yordam berishga tayyorligini bildirdi.

Marisa Lago AQSh savdo vazirligi bundan keyin ham O‘zbekiston bilan yaqin hamkorlik qilishini va mamlakatimizdagi o‘zgarishlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda IT eksporti hajmini joriy yilda 100 mln dollarga yetkazish maqsad qilingani aytib o‘tildi. Shu, jumladan, ushbu eksport hajmini oshirishda Amerika BPO kompaniyalarining o‘rni kattaligi aytib o‘tildi. Ushbu yo‘nalishda hamkorlikni yanada kengaytirish, yuqori maoshli ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.

Shundan so‘ng mehmonlarga IT Park binosi faoliyati va u yerda qad rostlayotgan binolar tanishtirildi. Delagatsiya a’zolari O‘zbekistonda bu kabi o‘zgarishlar va IT sohasiga qaratilayotgan e’tiborni yuksak baholadi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring