O‘zbekiston hukumati shaharsozlik va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsiyalarni joriy etadi
O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazirligi shaharsozlik va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsion rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishga kirishdi, deb xabar berdi «Sputnik».
Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish uchun shaharsozlik sanoati mutaxassislari, tadqiqot institutlari xodimlari, xususiy arxitektura byurolari, soha universitetlarining o‘qituvchilari taklif etildi, deb xabar bergan vazirlik matbuot xizmati.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, zamonaviy dizaynerlik usullarini, amaliy dasturiy mahsulotlarini, ilm-fan, arxitektura va dizayn yutuqlarini amalda joriy etishda mamlakat dizaynerlik tashkilotlari faoliyatini qayta ko‘rib chiqish lozim.
Eslatib o‘tamiz, Innovatsion rivojlanish vazirligi o‘tgan yilning noyabr oyida tashkil etilgan va innovatsiya hamda ilmiy-texnikaviy rivojlanish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter