Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston elektron hukumatni rivojlantirish reytingida 18 pog‘ona yuqoriladi

O‘zbekiston elektron hukumatni rivojlantirish reytingida 18 pog‘ona yuqoriladi

BMTning elektron hukumatlarning rivojlanish darajasi bo‘yicha 2022-yilgi yangi reytingida (UN E-Government Survey) O‘zbekiston 18 pog‘ona yuqoriladi.

Mamlakatimiz 193 davlat orasida 69-o‘rinni egalladi. Yangi reytingda O‘zbekistonning qo‘shnilari — Bruney (68) va Kolumbiya (70). Eski reyting (2020-yil)da O‘zbekiston 87-o‘rinda edi.

Daniya elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha jahonda yetakchi mamlakat maqomini saqlab qoldi. Keyingi o‘rinlarda — Finlyandiya va Janubiy Koreya.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring