Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston davlat boshqaruviga Malayziya tajribasini qo‘llash mumkinmi?

O‘zbekiston davlat boshqaruviga Malayziya tajribasini qo‘llash mumkinmi?

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Innovatsiya va boshqaruv yechimlari laboratoriyasida «Malayziyaning ma’muriy islohotlar sohasidagi tajribasini o‘rganish: O‘zbekiston uchun xulosalar» mavzusida ma’ruza muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Ma’ruzani BMT Taraqqiyot dasturining «Davlat boshqaruvini samarali rivojlantirish va raqamli transoformatsiyaga ko‘maklashish» loyihasining milliy konsultanti Kamoliddin Hamidov taqdim etdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Malayziya o‘tgan asrning 60 yillarida xomashyo resurslarining eksportiga yo‘naltirilgan iqtisodiyotga ega bo‘lgan davlatlardan biri bo‘lib, u davlat va biznes o‘rtasidagi sherikchilikni instititutsializatsiya qilish orqali iqtisodiyotni sanoatlashtirish va xususiy sektorni rivojlantirish uchun maqbul siyosiy va iqtisodiy sharoitlar yaratishga muvaffaq bo‘lgan. Buni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi va ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruv tizimini butkul o‘zgartirishga to‘g‘ri kelgan. Mamlakatda davlat boshqaruvi, davlat xizmatlari isloh etilib, davlat organlari funksional, tashkiliy va moliyaviy jihatdan optimallashtirilgan.

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

Bugungi kunda Malayziya hukumatining faoliyati tarkibiy islohotlarni mustahkamlash, aholi daromadini oshirish va global muammolarni hal qilishga qaratilgan. Mamlakatda «raqamli iqtisodiyot»ni keng joriy qilish ishlari amalga oshirilmoqdaki, bu nainki geografik nuqtai nazardan, balki jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olishga qaratilgan. Malayziya tajribasi yurtimizda keng islohotlar amalga oshirilayotgan sharoitda O‘zbekiston davlat boshqaruviga qo‘llash imkoniyatlari nuqtai nazaridan qimmatli tajriba bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Malayziya 1957-yilda mustaqillikka erishgan bo‘lib, 70-yillarga qadar hukumat faoliyati davlatning istalgandek rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatmadi. O‘sha davrda islohotlar davlat boshqaruvining samaradorligini oshirishga, davlat xizmatlarini mukammallashtirishga, jamoat ishtirokini kuchaytirishga, mahalliy hukumat organlarining mustaqilligini oshirishga qaratilgandi. Shu bilan bir qatorda 1966-yili davlat rivojlanishining 5 yillik rejasi qabul qilinib, u import mahsulotlarining o‘rnini bosuvchi siyosatni yurituvchi yagona iqtisodiy dasturga aylandi. 80-yillarda davlatning iqtisodiyotdagi ulushi kamaytirilib, iqtisodiyotni davlat tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarilishiga barham berish asosiy vazifalardan biriga aylandi. Davlat korxonalari xususiylashtirildi, sanoat tovarlarini eksport qilish esa strategiya darajasiga ko‘tarildi.

Makroiqtisodiy boshqaruvning asosiy vositasi fiskal siyosat bo‘ldi. Bunda soliq tizimi anchayin sodda bo‘lib, unda boshqa davlatlarda keng qo‘llaniladigan ko‘plab soliqlar bo‘lmagan. Budjet-soliq siyosatining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini oshirilishiga xizmat qildi, dunyo bozorida raqobat kuchaygan bir paytda ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini o‘sishiga olib keldi.

1990-yillardayoq Malayziya hukumati kelajak iqtisodiyotining katalizatori sifatida AKTning muhimligini anglab yetgandi. Shu bois ham mazkur yo‘nalish so‘nggi 20 yil davomida hukumat ahamiyatiga molik sohaga aylandi. Malayziya bugunda raqamli iqtisodiyot va raqamli hukumat dasturlarini amalga oshirmoqda. Ular AKT va IT-sanoatni, elektron davlat xizmatlarini rivojlantirish, shuningdek, biznes jarayonlariga innovatsiyalarni tatbiq etish orqali raqamli iqtisodiyotga xususiy biznesni jalb qilishdan iborat.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring