Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oyog‘imiz osmonda bo‘lib qolmaydimi? Yerning shimoliy magnit qutbi nulinchi meridianni kesib o‘tdi

Oyog‘imiz osmonda bo‘lib qolmaydimi? Yerning shimoliy magnit qutbi nulinchi meridianni kesib o‘tdi

Foto: NASA

Oxirgi yillarda jadal migratsiyani amalga oshirayotgan shimoliy magnit qutbi jo‘g‘rofiy kenglik sanog‘i boshlanuvchi nulinchi meridianni kesib o‘tdi, deb yozmoqda «Mir 24».

Aslida xaritada nulinchi meridian aniq-tiniq chizib qo‘yilgan emas — Grinvich meridianidan qandaydir 100 metr sharqdagi virtual «chiziqcha».

Xullas, oxirgi o‘tgan yigirma yil davomida shimoliy qutb Kanada Arktikasidagi «uyi»dan Sibir tomon yiliga 55 kilometrga surilib-surilib keldi. Hisob-kitoblar uning tezligi pasaysa-da (yiliga 40 km.gacha), hali-veri harakatlanishdan to‘xtamasligini ko‘rsatyapti. «Live Science» yanada aniq xulosa chiqarish uchun endi mutaxassislar GPS va boshqa navigatsiya tizimlari ko‘rsatkichlarini o‘zaro solishtirib chiqishlari haqida xabar bermoqda.

Yerning magnit maydoni uning qa’ridagi temir yadro tufayli hosil bo‘lgan. Tushunarsiz, ammo sayyora ichki dinamikasiga bog‘liq sabablar bilan ayni paytda magnit maydoni kuchsizlanib boryapti, shimoliy qutb «ko‘chmanchiligi»ga sabab ham shu.

Janubiy qutb ham bir joyda tek turgani yo‘q, biroq sekinroq — yiliga 10 kilometrga siljiyapti.

Olimlarning nazarida voqealar rivoji ikki xil ssenariyda kechadi: magnit maydoni yana kuchayadi va qutblar barqarorlashadi yoinki magnit maydoni yanada kuchsizlanib, qutblar o‘zaro joyini almashadi...

Ikkinchi ssenariy yuz bergan taqdirda sayyoramiz Quyosh radiatsiyasi qarshisida ojiz qolib, turlar (mavjudotlar) yoppasiga qirilib ketishi mumkin, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring