Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Osiyo yetakchilari: Janubiy Koreya, Singapur, Yaponiya va Xitoy elektron hukumatni qanday rivojlantirmoqda?

Osiyo yetakchilari: Janubiy Koreya, Singapur, Yaponiya va Xitoy elektron hukumatni qanday rivojlantirmoqda?

Osiyo yetakchilari:  Janubiy Koreya, Singapur, Yaponiya va Xitoy elektron hukumatni qanday rivojlantirmoqda?

Osiyoning yuksak taraqqiy etgan mamlakatlari — Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi (E-Government Development Index, EGDI) bo‘yicha ham (reytingda 2, 11 va 14-o‘rinlarni egallagan) jahon yetakchilari sanaladi. Xitoy esa 2020 yilda EGDI ko‘rsatkichi juda yuqori guruhga Osiyoning yetti mamlakati qatorida birinchi marotaba qo‘shildi.

Koreya Respublikasi

Janubiy Koreya onlayn xizmatlar ko‘rsatishda dunyoda yetakchi (1.000 ball, OSI), Osiyoda eng yuqori EGDI ko‘rsatkichiga ega. Hukumatning elektron hukumat strategiyalari har besh yilda joriy etilib, sohani rivojlantirish rejalari bilan mustahkamlab boriladi.

Elektron hukumatning 2020 yilgi bosh rejasi davlat siyosatining empirik asoslangani, ilmiy asosga qurilgani va fuqarolar uchun ochiq, innovatsion hukumatga erishishga yo‘naltirilganligini kafolatlaydi. Bundan tashqari, «Aqlli hukumat» bosh rejasi davlat boshqaruvida innovatsiyalar uchun sun’iy intellekt (SI) va ma’lumotlarni ishlab chiqish va ulardan foydalanish bazasini qurish, shuningdek, fuqarolarning, ayniqsa, eng kam himoyalangan guruhlarning o‘ziga xos ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan xizmatlarni proaktiv taqdim etish uchun asos yaratadi.

Aqlli hukumatni amalga oshirish strategiyasi barqaror raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratishga yo‘naltirilgan ma’lumotlar va sun’iy intellektni kuchaytirishni ko‘zda tutuvchi Ma’lumotlar va sun’iy intellekt iqtisodiyotini rivojlantirish rejasida aks ettirilgan. Blokcheyn sohasini rivojlantirish bosh rejasi, «Aqlli shahar»ni amalga oshirish strategiyasi va Yangi sanoat-texnologik yo‘l xaritasi kabi davlat mexanizmlari jamiyat manfaatlari hamda davlat boshqaruvini yaxshilashga xizmat qiluvchi yangi texnologiyalarni jadal rivojlantirishda yordam bermoqda.

Mavjud tashabbuslarga qo‘shimcha ravishda, Hukumat elektron ishtirok (e-People), ochiq ma’lumotlar (data.go.kr) va elektron xaridlar (KONEPS) uchun platformalarni taqdim etadi.

Mamlakatning elektron hukumatga oid qonunchilik bazasi shaxsiy ma’lumotlarni, axborotlarni, shaxslarning raqamli xavfsizligi va raqamli identifikatsiyalashga qaratilgan («Raqamli imzo to‘g‘risida»gi qonun, 2017 yil).

Singapur

Davlat texnologiyalari agentligi — Singapurda elektron davlat xizmatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga mas’ul tashkilot.

Singapur 2014 yildan elektron hukumatning ajralmas qismi —  Smart Nation tashabbusiga kirishdi. 2018 yilda ma’lumotlardan yaxshiroq foydalanish, yangi texnologiyalarni egallash, Smart Nation strategiyasini qo‘llab-quvvatlash, raqamli iqtisodiyot va raqamli jamiyatni barpo etishga qaratilgan ulkan katta sa’y-harakatlarni amalga oshirish uchun Elektron hukumat loyihasi ishlab chiqildi.

Singapurda elektron ishtirok (reach.gov.sg), elektron xizmatlar (citizenconnectcentre.sg), ochiq ma’lumotlar (data.gov.sg) va davlat xaridlari (gebiz.gov.sg)ga xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan portallarga kirishni ta’minlovchi yagona oyna ko‘rinishidagi davlat portali (Gov.sg) mavjud.

Mamlakat hukumati, bundan tashqari, fuqarolar uchun ijtimoiy sug‘urta jamg‘armalarini rejalashtirish va kuzatib borish hamda davlat xizmatlari bilan bog‘liq muammolar haqida xabar berish uchun raqamli platformalarni yo‘lga qo‘ygan.

Singapurda Elektron hukumat bilan bog‘liq huquqiy mexanizmlar 2012 yilda qabul qilingan Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonun, shuningdek, kiberxavfsizlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Yaponiya

Yaponiyada hukumatning Raqamli o‘tish rejasi boshqaruvni takomillashtirish va fuqarolarning turmush tarzini yaxshilash maqsadida yangi texnologiyalardan foydalanish va inson resurslarini rivojlantirishga asoslangan.

Mamlakat raqamli asrda o‘z yangi ma’muriy qiyofasini IT-investitsiyalarni optimallashtirish, xaridlar bo‘yicha islohotlar va elektron hukumat rejasini munitsipal (quyi) miqyosda faollashtirishga ko‘maklashish orqali shakllantirmoqda. Fan, texnologiyalar va innovatsiyalar bo‘yicha kengash elektron hukumatning axborot almashinuvi va tarqatilishiga ko‘maklashish, shuningdek, mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator tashabbuslari ustida ish olib borilmoqda.

Yaponiyada elektron hukumatning markaziy portali (e-gov.go.jp) hamda elektron ishtirok (e-Testimony), ochiq ma’lumotlar (data.go.jp) va davlat xaridlari (geps.go.jp) qo‘shimcha elektron hukumat platformalari mavjud.

Yaponiya elektron hukumatining huquqiy asoslari shaxsiy raqamli xavfsizlik va raqamli ma’lumotlardan foydalanish maqsadlariga qaratilgan (tegishli qonunchilik «Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish», «Elektron imzolar va sertifikatlashtirish faoliyati», «Ma’muriy organlar tasarrufidagi axborotdan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunlar bilan mustahkamlangan.

Xitoy

Xitoy — 2020 yilda EGDI ko‘rsatkichi juda yuqori guruhga ilk marotaba qo‘shilgan Osiyoning yetti mamlakatidan biri.

Mamlakatning bu yutug‘ini elektron hukumat siyosati va tashabbuslari milliy va submilliy miqyosda qisman amalga oshirilgani bilan izohlash mumkin.

Xitoyning «aqlli shaharlar»ni rivojlantirishga jiddiy intilishi birinchi marta 2015 yilgi Hukumat faoliyati to‘g‘risidagi hisobotda aksini topdi, elektron hukumatni rivojlantirish ushbu tashabbusning muhim qismi bo‘lganligi sababli munitsipal hukumat organlari elektron hukumat portallarini jadal sur’atlarda yaratishni boshlab yubordi.

Shanxay davlat ma’lumotlari servislar portali — «yagona oyna» tamoyili asosida davlat xizmatlarini ko‘rsatayotgan eng muvaffaqiyatli lokal (mahalliy) loyihalardan biri.

Xitoyda parallel ravishda davlat sektorini boshqarish va xizmatlar ko‘rsatish samaradorligini oshirish maqsadida katta ma’lumotlar, sun’iy intellekt va 5G singari ilg‘or texnologiyalar elektron hukumat tizimida faol joriy etilyapti. Mamlakat hukumati 2020 yilda resurslarni taqsimlovchi davlat axborot tizimini blokcheyn texnologiyasi vositasida yo‘lga qo‘ydi.

Shuningdek, aholi, tijoriy tashkilotlar va hukumat aloqalarida ijtimoiy tarmoqlarning ilovalari muhim raqamli vositalarga aylanmoqda. Odamlar o‘z smartfonlari orqali davlat xizmatlaridan foydalanishayotgan WeChat va Alipay ilovalari bunga yaqqol misoldir.

Xitoy hukumati, qolaversa, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatish uchun ijtioiy tarmoqlarda rasmiy akkauntlarini ochishga katta e’tibor qaratmoqda. Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarning inqirozlar sharoitidagi eng samarali muloqot vositalaridan ekanini anglab yetishdi, xususan, COVID-19 epidemiyasi davrida xitoylik oddiy fuqarolar o‘z salomatligi va favqulodda vaziyatlar haqida xabar berishda Alipay ilovasidan ko‘p foydalanishgan.

S.Alimov, Xalqaro aloqalar bo‘lim boshlig‘i,

Sh.Nosirova, Xalqaro aloqalar bo‘lim 1 toifali mutaxassisi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring