Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Online market» — internet orqali oldi-sotdi uchun dasturiy ta’minot

«Online market» — internet orqali oldi-sotdi uchun dasturiy ta’minot

Foto: Intellektual mulk agentligi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining bir guruh ilmiy izlanuvchilari tomonidan aholining keng qatlami uchun juda foydali bo‘lishi kutilayotgan yangi dastur — «Online market» dasturiy ta’minoti yaratildi. Bu haqda Intellektual mulk agentligi xabar berdi.

Dasturiy ta’minot vositasida O‘zbekiston va xorijda ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlarni internet tarmog‘i orqali sotish va sotib olish mumkin. Dastur funksional ravishda onlayn tizimda mahsulotlar nomlarini kiritish, xizmatlarni reklama kilish, tovarlarni onlayn xarid qilish yoki ular haqida batafsil ma’lumot olish, shuningdek, ularni turi va narxiga ko‘ra guruhlash ikonini beradi.

Ushbu dasturdan O‘zbekistondagi bozorlar faoliyatini to‘g‘ri va samarali tashkil etish uchun, shuningdek, barcha turdagi kichik va xususiy biznes vakillari o‘z faoliyatlarida unumli foydalanishlari mumkin.

Intellektual mulk agentligi tomonidan dastur ijodkorlari — U.Ismatov va U.Rustamovga DGU 04841 raqamli guvohnoma topshirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring