Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«One Million Uzbek Coders» loyihasida bepul o‘quvchi ishtirokchilar saralandi

«One Million Uzbek Coders» loyihasida bepul o‘quvchi ishtirokchilar saralandi

Nanodegree granti yakuniy imtihoniga 500 nafardan ziyod kishi ro‘yxatdan o‘tib, jami 413 kishi imtihon topshirdi. Ulardan 155 tasi (70 balldan ortiq jamlaganlar) final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi. Oxirida TOP-50talikka kirgan ishtirokchilar saralanib, Udacity granti g‘olibi bo‘ldi.

Udacity Nanodegree granti o‘zi nima? Udacity Nanodegree «One Million Uzbek Coders» loyihasi doirasida bepul tarzda o‘qishni davom ettirish imkoniyatidir. Udacity dasturi doirasidagi Nanodegree kursi 3 oy davom etadi va uni muvaffaqqiyatli yakunlaganlar nanodiplomni (Nanodegree) qo‘lga kiritishlari mumkin. Mazkur diplom yirik IT-kompaniyalar — Google, AT&T, Autodesk, Cloudera, Salesforce va boshqa kompaniyalar tomonidan tan olinadi.

One Million Uzbek Coders («Bir million o‘zbek dasturchi») — respublikamizda keng aholi qatlamini masofaviy maxsus onlayn-portal orqali IT-yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlashga yo‘naltirilgan yirik loyiha.

Mazkur loyiha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan BAAning «Dubai Future Foundation» jamg‘armasi, IT-Park qoshidagi IT-akademiya, Toshkent shahridagi Inha universiteti va Muhammad al-Xorazmiy IT-maktabi bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.

Loyiha bo‘yicha dasturlashni masofaviy ta’lim orqali o‘rgatishga mo‘ljallangan www.uzbekcoders.uz portali hamda «Udacity.com» xalqaro ta’lim platformasi o‘zbek tilida ishga tushurildi.

Birinchi bosqichda loyiha global mehnat bozorida eng dolzarb bo‘lgan to‘rtta yo‘nalishni qamrab oldi: ma’lumotlarni tahlil qilish (Data-analytics), Android platformasida ishlanmalar yaratish, FrontEnd (frontend) va fullstak (FullStack). Umumiy kurs 120 soatga mo‘ljallangan.

G‘oliblar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin: Nanodegree Winners List.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring