Olimjon Umarov: «AKT vazirligi internet tezligi va narxlarini muvofiqlashtiradi»
Bugun, 30-noyabr kuni «O‘zekspomarkaz» MKMda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va «O‘zbektelekom» AK tomonidan tashkil etilgan «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘i bo‘yicha AKT sohasida topshiriqlarni amalga oshirish ketma-ketligi» hisobot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda O‘zbekistonda internet tezligi 10 barobar oshirilgani e’lon qilindi. Shuningdek, narxlar sezilarli darajada arzonlashtirilgani ma’lum qilindi.
Ishtirokchilarni bir savol qiziqtirdi: narxlarning tushirilishi va tezlikni oshirilishi faqat «O‘zbektelekom» va uning «Uzonline» provayderida seziladimi yoki boshqa internet provayderlar ham bunga amal qiladimi?
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov bu ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘i bilan amalga oshirilayotgani va unga barcha provayderlar amal qilishi lozimligini ta’kidladi.
«Internet provayderlarning tezlikni oshirishi va narxlarni tushirishini AKT vazirligi sohaning regulyatori sifatida muvofiqlashtirib boradi», dedi u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter