Ogoh bo‘ling! OneIDdan shaxsan o‘zingiz ro‘yxatdan o‘ting (video)
OneID – bu nafaqat Yagona portal, balki ko‘plab davlat tashkilotlarining ma’lumotlar bazasidan xavfsiz foydalanish imkoniyatini beradigan Yagona identifikatsiya tizimidir.
Shuning uchun ham subsidiya, kredit, ko‘chmas mulk, kadastr kabi yuzlab xizmatlarga xavfsizlik nuqtai nazaridan murakkabroq login va parol bilan mustahkamlangan OneID tizimi orqali kiriladi.
Hozirgi kunda shaxsiy ma’lumotlarga befarqlik tufayli identifikatsion raqam begonalar qo‘liga tushib qolishi sabab boshqalar nomidan ro‘yxatdan o‘tish holatlari uchramoqda.
Agar sizning nomingizdan begonalar ish yuritishini xohlamasangiz, hech kimga JShShIR raqamingizni bermang. OneIDdan shaxsan o‘zingiz ro‘yxatdan o‘ting.
Shaxsni tasdiqlovchi pasport ma’lumotlari va telefon raqamini biriktirgan holda OneID tizimida ro‘yxatdan o‘tsangiz, boshqalar sizning nomingizdan ish yuritolmaydi.
OneID tizimidan ro‘yxatdan o‘tish tartibi haqida videorolik:
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter