Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nega samolyotda telefonni parvoz tartibiga o‘tkazish kerak?

Nega samolyotda telefonni parvoz tartibiga o‘tkazish kerak?

Foto: «Quora.com»

Umrida jilla qursa bir marta bo‘lsin, samolyotda uchib ko‘rganlar shu savolga javob izlashgani tayin. Samolyotda uchmaganlarga ham qiziq-da: mobil telefondagi «Parvoz» («Режим полёта», «Airplane Mode») funksiyasi nega kerak? Savolimizga javobni «Merkur.de» saytidan topdik.

Ko‘plar mobil signal samolyot bortidagi texnikalar ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va uchuvchilar boshqarishda qiyinchiliklarga duch keladi deb o‘ylashadi. Qisman to‘g‘ri fikr.

Aslida hamma gap akustikada: sizning parvoz tartibiga o‘tkazmagan telefoningiz, planshetingiz yoki noutbugingiz rostdan ham uchuvchiga xalaqit berishi mumkin. Ammo bort texnikasi orqali emas.

Telefon karnay (kolonka)ga yaqinlashtirilsa chiqaradigan yoqimsiz tovush hammamizga tanish. Agarda yo‘lovchilar o‘z telefonlarini parvoz tartibiga o‘tkazishmasa uchuvchilar ham ana shunaqangi ovozni eshitishadi. Eng xavfli tomoni shuki, bu shovqinlarni deb uchuvchi muhim xabarni eshitmay qolishi mumkin. Shunday ekan, samolyotga chiqishdan oldin telefoningizda parvoz funksiyasini yoqib qo‘yishni aslo unutmang!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring