Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«NCG Engineering» kompaniyasi rahbari AKT vazirligiga tashrif buyurdi

«NCG Engineering» kompaniyasi rahbari AKT vazirligiga tashrif buyurdi

Foto: «Mitc.uz»

Kecha, 11-iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Koreya Respublikasining «NCG Engineering» kompaniyasi rahbari, «Eurabit» MChJ QK ta’sischisi Jang Il Kvon bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun amalga oshirish ko‘zda tutilayotgan investitsion hamkorlik yuzasidan fikr almashdilar. Xususan, «NCG Engineering» kompaniyasi O‘zbekistonda reyestr taqsimoti, ya’ni blokcheyn texnologiyasini rivojlantirishda o‘zaro hamkorlik qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Tomonlar tez orada vazirlik mutaxassislari, o‘zbekistonlik qiziqish bildirgan ekspertlar uchun tez orada muhokama qilingan mavzulardagi taqdimotlarni tashkil qilishga kelishib oldilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring