«NASA» Yupiterdagi bulutlar tasvirini namoyish qildi
AQShning Aeronavtika va fazoni tadqiq qilish milliy boshqarmasi (NASA) Yupiterning shimoliy tog‘ yon-bag‘ridagi ulkan bulutlarni tasvirga olib, ilk marta ommaga namoyish qildi, deya xabar beradi «Haber7».
Suratlar 6200 kilometr uzoqlikdan «Yunona» yo‘ldoshi orqali tasvirga olingan.
Yo‘ldosh orqali bulutlar atmosferaning 3 ming kilometrigacha yetib borishi aniqlandi.
2011 yil 5 avgust kuni uchirilgan «Yunona» yo‘ldoshi 2016 yili Yupiter orbitasiga kirgan edi.
«Yunona» Yupiterning Yer bilan tortishishini, magnit maydonini hamda Yupiter sayyorasi yadrosini tadqiq qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter