Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muhim 5 trend: «WhatsApp» va «Telegram» ijtimoiy tarmoqlarni «sindiryapti»

Muhim 5 trend: «WhatsApp» va «Telegram» ijtimoiy tarmoqlarni «sindiryapti»

Foto: «Theuk.one»

Odamlar yangiliklarni tobora xabarlar almashinuvchi ilovalar orqali bo‘lishishmoqda. Bunga «Reuters Institute»ning raqamli media haqidagi so‘nggi hisoboti shohidlik beradi. Ushbu tadqiqot «YouGov» 37 mamlakatda 74 ming onlayn iste’molchi o‘rtasida o‘tkazgan so‘rovnomaga asoslangan. So‘rovnomaga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlar yangiliklar manbasi sifatidagi o‘rnini yo‘qotib boryapti, mobil xabarnomalar esa, aksincha, keng urf bo‘lmoqda. Bundan tashqari, yana 5 ta trendni alohida sanab o‘tish mumkin.

Foto: «Theuk.one»

Yolg‘on xabarlar jamoatchilik ishonchini so‘ndirmoqda

Internetdagi yangiliklar qanchalik ishonchli — bu savol so‘rovnomada qatnashganlarning 54 foizini tashvishga solgan. Ayniqsa, Braziliyada yashovchilar internetdagi yangiliklarga ko‘p ishonishmaydi — 85 foiz. Ispaniya uchun bu ko‘rsatkich 69 foiz, AQSh uchun 64 foizni tashkil etgan. Respondentlarning 70 foizidan ziyodi qalbaki yangiliklar muammosiga barham berish mas’uliyati noshirlar va platformalar zimmasida ekanini bildirishgan.

Ovozli yordamchilar

O‘tgan yildan beri «Amazon Echo» va «Google Home» kabi ovozli yordamchilardan foydalanish ikki baravarga ko‘paydi. Yangiliklarni o‘qish uchun foydalanuvchilarning 43 foizi ovozli yordamchilarga murojaat qilmoqda.

Foto: «Theuk.one»

Xabarlar almashinuvchi ilovalar

Foydalanuvchilarning nazarida eng ko‘p so‘z erkinligiga aynan ilovalar vositasida erishilmoqda. Odamlar yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun «Facebook»ka kamroq murojaat qilishadigan bo‘ldi. Chunki ilovalar ham maxfiylikni ta’minlaydi, ham qulay. Masalan, aksariyat mamlakatlarda «WhatsApp» eng muhim yangiliklar vositasiga aylangan. Undan eng ko‘p Malayziya (respondentlarning 54 foizi), Braziliya (48 foiz) va Turkiyada (30 foiz) foydalanishadi. Umuman olganda, respondentlarning 65 foizi yangiliklarni sayt yoki yangiliklarni tarqatish chiqarilgan ilovalar emas, balki aynan shu ilova («WhatsApp») orqali olishni ma’qul ko‘rishadi.

Foto: «Theuk.one»

«Aqlli» qurilmalar

So‘rovnomada ishtirok etganlarning 62 foizi yangiliklarni smartfonlari vositasida o‘qishlarini bildirishgan. Ko‘plab mamlakatlarda 2013 yildan beri smartfonlardagi yangiliklar kontenti ikki baravarga oshdi. Tadqiqotchilarga ko‘ra, auditoriyaning kam qamrab olingani va bevosita smartfon ekranining o‘lchamlari ham yangiliklarning mazmun-mohiyatiga katta ta’sirini ko‘rsatyapti. «Snapchat» va «Instagram» kabi ilovalar foydalanuvchilarga eng zamonaviy usullarda yangiliklarni ulashish imkoniyatini yaratib bermoqda.

Foto: «Theuk.one»

Yangilik bo‘lsin — tekin bo‘lsin

AQShda yashovchi respondentlarning 16 foizi onlayn-yangiliklarni pul to‘lab o‘qishlarini ma’lum qilishdi. Moliyaviy xayriyalar orqali a’zo bo‘lish AQSh, Buyuk Britaniya va Ispaniyada keng tarqagan yangiliklar korchalonlari uchun yaxshi muqobil bo‘lib boryapti. Hisobotda ko‘rsatilishicha, bu to‘lovlar iste’molchilarning eng yosh qatlamidagi siyosiy ishonch bilan bog‘liq. Biroq, baribir, tarozining pallasi hozircha bepul foydalanishni istovchilar tomoniga og‘ib turibdi.

Yuqoridagi besh omildan quyidagicha to‘xtamga kelish mumkin: dunyo taraqqiyoti jadallashib boryapti, shuning uchun ham ko‘pchilik insonlar barcha yangi vositalardan foydalanishga zo‘r bermoqda, biroq buni uddalash har kimning ham qo‘lidan kelavermaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring