Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda birinchi qo‘ng‘iroq chalindi (foto)
Bugun, 4-sentyabr kuni Toshkentdagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari fanlarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabda yangi o‘quv yili tantanali ravishda ochildi.
Ilk o‘qish kuni «Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!» shiori ostida O‘zbekiston mustaqilligining 28 yilligiga bag‘ishlandi.
Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov, falsafa fanlari doktori, taniqli ma’naviyat targ‘ibotchisi Jamila Shermuhamedova, AQSh elchixonasining axborot texnologiyalari bo‘limi vakili Kleya Piterson xonim qatnashdi.
O‘quvchilar yangi o‘quv yili bilan muborakbod etilib, ilm cho‘qqilarini zabt etishida ulkan zafarlar tilandi.
Birinchi qo‘ng‘iroq chalinib, barcha sinf rahbarlari o‘quvchilari bilan Mustaqillik darslarini boshlashdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter