Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mudofaa vazirligi IIV uchun yangi mobil ilova taqdim etdi

Mudofaa vazirligi IIV uchun yangi mobil ilova taqdim etdi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan Mirzo Ulug‘bek tumanida bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston mudofaa vazirining o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov, Ichki ishlar vazirligi Mirzo Ulug‘bek tuman boshqarmasi vakillari hamda tuman hokimligi rahbariyati so‘zga chiqib, barcha bolajonlarni muborakbod etdilar.

Tadbir avvalida Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti kursantlari tomonidan Ichki ishlar vazirligi bo‘linmalari uchun yaratilgan mobil ilovaning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur mobil ilova ichki ishlar organ xodimlari bilan favqulodda muloqot qilish uchun qulay vosita hisoblanib, jinoyatchilikka qarshi kurashishda keng samara berishi kutilmoqda.

Shundan so‘ng, bolajonlar uchun orziqib kutilgan bayram tantanalari ochiq deb e’lon qilindi. Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansamli hamda Harbiy orkestr tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Qurolli Kuchlari akademiyasi kursantlar tomonidan ijro etilgan sahna ko‘rinishlari hamda qo‘l jangi elementlari esa bayramni haqiqiy shouga aylantirib yubordi.

Ta’kidlash kerakki, Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan bu kabi bayram tadbirlari Toshkentdagi eng yirik istirohat bog‘larida ham o‘tkazildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring