Moliya vazirligi o‘qituvchilarni rag‘batlantirish bo‘yicha savolnoma o‘tkazyapti
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yaqinda ommabop ijtimoiy tarmoqlar hamda messenjerda o‘z sahifa va kanallari (facebook, instagram, twitter, telegram)ni ishga tushirgan edi.
Fuqarolar ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan foydalangan holda Moliya vazirligi tizimiga daxldor yangilik, turli mavzulardagi muhokama va so‘rovnomalarda qatnashish imkoniga ega bo‘lgan.
Hozir Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida hamda ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida umumta’lim muassasalari xodimlari, jumladan o‘qituvchilarni rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha savolnoma e’lon qilingan. Unda faol ishtirok etib, o‘z ovozlaringizni berishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter