Mobiuz yangi ViLTE videoqo‘ng‘iroqlar xizmatini butun O‘zbekistonda ishga tushirdi
Kompaniya mamlakatimiz aloqa operatorlari ichida birinchi bo‘lib butun O‘zbekistonda ViLTE xizmatidan bepul foydalanishni ta’minlamoqda.
Mobiuz mobil operatori O‘zbekistonda AKT sohasini yanada rivojlantirish yo‘lida yaratilayotgan sharoitlardan unumli foydalanmoqda va o‘z abonentlari uchun texnologik innovatsiyalarni joriy etishda davom etmoqda. Endi Mobiuz abonentlari to‘rtinchi avlod tarmoqlari imkoniyatlarini yanada kengaytiruvchi ViLTE xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega.
ViLTE (Video over LTE) — bu xech qanday mobil ilovalardan foydalanmagan holda 4G LTE tarmog‘ida videomuloqot qilish texnologiyasi. Undan foydalanish uchun ushbu xizmatni qo‘llab-quvvatlaydigan smartfonga ega bo‘lish va to‘rtinchi avlod tarmog‘i qamrov hududida bo‘lish kifoya.
ViLTE 2023 yilning iyun oyida Mobiuz tomonidan O‘zbekistonda ilk bor ishga tushirilgan yana bir texnologiya – VoLTE (Voice over LTE) bilan bevosita bog‘liq. VoLTE qo‘ng‘iroqlar uchun LTE tarmog‘idan foydalanish imkonini beradi, suhbatlarning o‘ta taniq ovozini va har qanday abonentga deyarli bir necha lahzada qo‘ng‘iroq qilib tushishni ta’minlaydi.
Hozirda minglab Mobiuz abonentlari VoLTEdan muvaffaqiyatli foydalanmoqda. ViLTE ishga tushirilishi bir tomondan yoqimli syurpriz bo‘lsa, ikkinchi tomondan o‘tgan yildan beri kutilayotgan katta voqeadir. Zero aynan Mobiuz O‘zbekistonda ushbu texnologiyalarni namoyish qilish va joriy etishda peshqadamlik qildi.
«Biz ViLTEni keng ko‘lamli Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi – ICTWEEK 2023 arafasida ishga tushirmoqdamiz. Bu kompaniyamiz uchun alohida ahamiyatga ega voqea, chunki o‘tgan yili Samarqandda bo‘lib o‘tgan ICTWEEK 2022 ko‘rgazmasida biz bevosita VoLTE va ViLTE imkoniyatlarini namoyish qilgan edik. Endi VoLTEdan keyin ViLTE ham to‘laqonli ishga tushdi. Mobil qurilmalari ushbu texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlaydigan barcha abonentlar uchun ushbu xizmatlar bepul», — deydi Mobiuz Bosh direktorining marketing va savdolar bo‘yicha o‘rinbosari Lola Filatova.
VoLTE va ViLTE texnologiyalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar bilan www.mobi.uz saytida tanishib chiqish mumkin.
Mobiuz erishayotgan yutuqlari haqida kompaniyaning rasmiy Telegram-kanalida o‘qib boring.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter