Mobiuz yangi abonentlarga 100 000 megabayt sovg‘a qilmoqda
Mobil operator amaldagi va yangi abonentlar uchun manfaatli aksiyalar, mahsulot va xizmatlarni ishga tushirdi.
O‘zbekiston bo‘ylab cheksiz ijtimoiy tarmoqlar va qo‘ng‘iroqlarni o‘z ichiga olgan «Xotirjam» tarif rejalari bilan birgalikda, Mobiuz abonentlarga bir qator yangi imkoniyatlarni taqdim etmoqda. Beshta qulay taklifga e’tiboringizni qaratamiz:
«Xotirjamlikka +100» aksiyasi bepul bonus sifatida 100 000 megabayt mobil internet olish imkonini beradi. Buning uchun joriy yilning 14-oktyabrigacha (shu jumladan), quyidagi tarif rejalaridan biriga ulanish kerak xolos: Xotirjam 40, Xotirjam 60, Xotirjam 80, Xotirjam 100. Ushbu tariflardan biri bilan raqam faollashtirilgandan so‘ng Mobiuz mobil ilovasida bonusni olish mumkin bo‘ladi.
Mobiuzga ulanganda «Cheksiz tungi internet sovg‘a tariqasida!» aksiyasi yana bir ajoyib bonus sifatida xizmat qilmoqda. Abonentlar 60 tun davomida soat 00:00 dan 08:00 gacha trafik sarflamagan holda mobil internetdan foydalanishlari mumkin. Tungi cheksizlikni faollashtirish yoki undan foydalanish uchun hech qanday to‘lov olinmaydi. Taklif joriy yilning 20-sentyabrigacha (shu jumladan) amal qiladi.
«Do‘stingizni olib keling» aksiyasi amaldagi abonentlar uchun juda qulay. Ular beshtagacha do‘stlarini Mobiuzga ulanishga taklif qilib, har biri uchun 5 000 MBdan (umumiy hisobda 25 000 MBgacha) bonus olishlari mumkin. Shu bilan birga, yangi (taklif etilgan) abonentlarning har biri ham 5 000 MB oladi va estafetani davom ettirishi mumkin. Batafsil ma’lumot ushbu havolada taqdim etilgan.
Mobiuzga ulanayotgan vaqtda «3+1» aksiyasi ham qo‘l keladi. Tarif rejasi abonent to‘lovini uch oy uchun darhol to‘lab, tarif rejasidan bepul foydalanish uchun bir oy (to‘rtinchi oy)ga ega bo‘lish mumkin.
«Daqiqalarni megabaytlarga almashtirish» xizmati tarif rejasi doirasida ortiqcha (keraksiz) daqiqalarni internet-trafikka almashish imkonini beradi. Bunda bir daqiqa bir megabaytga teng. Almashtirish uchun *250# maxsus USSD-buyrug‘i ishlatiladi. Bitta almashtirish narxi atigi 2 ming so‘m.
Mobiuzdan yanada ko‘proq noyob takliflar bilan www.mobi.uz saytida tanishib chiqishingiz mumkin.
Kompaniyaning Instagramdagi akkauntida batafsil ma’lumot va yordam olishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter