Mobiuz kompaniyasiga ulanib, 50 ta pul sovrinlaridan birini yutib olishingiz mumkin

Mobiuz mobil aloqa operatori «50 nafar baxtiyor inson!» nomli aksiyasi boshlanganini e’lon qildi. 50 nafar g‘olib 10 million so‘mdan yutib oladi.
Mobiuz kompaniyasi doimo o‘z abonentlarini manfaatli tarif rejalari va qulay aloqa bilan mamnun etishga intilib kelmoqda. Abonentlarga qo‘shimcha rag‘bat beruvchi maxsus takliflar va bonuslar operatorning e’tibor markazida turadi.
Yaqinda kompaniyaning uchta abonenti BYD avtomobilini yutib oldi. Endi esa «50 nafar baxtiyor inson!» maxsus aksiyasi orqali kompaniya yanada ko‘proq abonentlarni xursand qilishga tayyor.
Aksiya joriy yilning 10 fevralidan 10 apreligacha (shu jumladan) abonentlar – jismoniy shaxslar uchun o‘tkazilmoqda. Qaysi tarif rejasida bo‘lishni farqi yo‘q. Unda yangi ulanayotgan abonentlar ham, amaldagi mijozlar ham ishtirok etishi mumkin:
Mobiuz’ning yangi abonentlari ulangan paytida pul sovrinlarini yutib olish uchun bitta imkoniyatni qo‘lga kiritadi. Mobiuz’ning rasmiy mobil ilovasida istalgan hajmdagi oylik internet-to‘plamni faollashtirish orqali esa imkoniyatlarini ko‘paytirish mumkin.
Amaldagi abonentlar ham ilovada istalgan oylik internet-to‘plamlarni ulash orqali imkoniyatlarni to‘plashi mumkin.
Har bir yangi ulanish va har bir ulangan internet-to‘plam uchun ishtirokchi 1 ta imkoniyatni qo‘lga kiritadi. Imkoniyatlar soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, g‘alaba qozonish ehtimoli shunchalik yuqori!
Aprel oyida har biri 10 million so‘mlik bo‘lgan 50 ta pul sovrini o‘ynaladi. G‘oliblar onlayn efirda tasodifiy tarzda aniqlanadi.
Mobiuz – bu shunchaki mobil aloqa operatori emas. Kompaniya o‘z abonentlari haqida qayg‘urib, xizmatlarini har bir kishi uchun qulay va foydali qilishga harakat qilmoqda.
«50 nafar baxtiyor inson!» aksiyasi mijozlarga yo‘naltirilganlikning yana bir isbotidir. Chunki har bir abonent o‘zini Mobiuz’ning katta va g‘amxo‘r oilasini bir qismi deb his qilishi juda muhimdir.
«50 nafar baxtiyor inson!» aksiyasi haqida batafsil ma’lumot.
Mobiuz mobil operatorining barcha eksklyuziv yangiliklari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter