Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mobiuz Jizzax viloyatida 220 dan ortiq tayanch stansiyalarini ishga tushirdi

Mobiuz Jizzax viloyatida 220 dan ortiq tayanch stansiyalarini ishga tushirdi

Natijada viloyat bo‘ylab tarmoqlar qamrovi yaxshilandi, 20 dan ortiq aholi punktlari esa Mobiuz 4G LTE tarmog‘idan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Jizzax viloyatini ko‘pincha O‘zbekiston Shveysariyasi deb atashadi – u xilma-xil tabiiy landshaftlari, Zomin va Baxmal tumanlarining tog‘li-o‘rmonli hududlaridagi toza havosi, noyob faunasi va yumshoq iqlimi bilan ajralib turadi. Viloyat aholisi qariyb 1,48 million kishini tashkil etadi, ularning taxminan 53 foizi qishloqlarda istiqomat qiladi.

2023-yilda Mobiuz mobil operatori Jizzax viloyatining deyarli barcha tumanlari va Jizzax shahrining o‘zida yangi tayanch stansiyalarini ishga tushirdi. Shaharlar, tumanlar va qishloqlardagi yangi ob’yektlarda oldingi yillarga nisbatan rekord darajadagi – 140 dan ortiq tayanch stansiyalar o‘rnatildi. Bunda to‘rtinchi avlod tarmoqlarining LTE 800, 1800 va 2600 diapazonlarini rivojlantirishga ustuvor e’tibor qaratilmoqda.

Hususan, viloyatning butun shimoliy qismi bo‘ylab cho‘zilgan va baland tog‘ landshaftlariga ega bo‘lgan Forish tumani hududida 31 ta yangi tayanch stansiyalari foydalanishga topshirildi. G‘allaorol tumanida 27 ta, Jizzax shahrida 15 ta, Sharof Rashidov tumanida 13 ta, Do‘stlik tumanida 10 ta stansiya ishga tushirildi. Viloyatning boshqa hududlarida 4 dan 9 tagacha tayanch stansiyalari efirga ulangan.

Kelasi ikki hafta ichida yana 20 ga yaqin tayanch stansiyalarini ishga tushirish rejalashtirilgan. Buning uchun kerakli joylar tayyorlandi va antenna-machta qurilmalari o‘rnatildi. Hozirda uskunalarni o‘rnatish, aloqa radiorele liniyalarini yo‘lga qo‘yish ishlari olib borilmoqda.

Viloyatdagi mavjud tayanch stansiyalarini modernizatsiya qilish doirasida ham katta ishlar amalga oshirildi. Bu yil 80 dan ortiq tayanch stansiyalari yangilandi, bu asosan 4G LTE tarmog‘ining yangi diapazonlarini ishga tushirilishi hisobiga amalga oshirildi. Modernizatsiya qilingan uskunalarning asosiy qismi Sharof-Rashidov tumani (31 ta), Jizzax shahri (15 ta) va Baxmal tumaniga (10 ta) to‘g‘ri keladi.

Ko‘rilgan barcha chora-tadbirlar tufayli Jizzax viloyatining 20 dan ortiq aholi punkti to‘rtinchi avlod tarmoqlarida yuqori tezlikdagi internet, VoLTE ovozli qo‘ng‘iroqlari, ViLTE videoqo‘ng‘iroqlari kabi xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Ular qatorida: Birlashgan, Qamishli, Qiyaovul, Xurabo‘g‘zi, Andagen, Asrof, Bo‘lamon, Janon, Chorbog‘, Uzunbulok, Yelobod (Forish tumani), Zafarobod, Oldoshmon (Baxmal tumani), Qizilbulok, Tepali (G‘allaorol tumani), O‘riklisoy (Zomin tumani), Oltinko‘l (Zarbdor tumani) va boshqa aholi punktlari bor.

Chekka hududlarni zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlash ishlari jadal davom etmoqda.

Mobiuz O‘zbekistonning boshqa hududlarida amalga oshirgan ishlar bilan pr.mobi.uz saytida tanishib chiqishingiz mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring