Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mobiuz iste’molchilar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha peshqadamlar qatoridan joy oldi

Mobiuz iste’molchilar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha peshqadamlar qatoridan joy oldi

Kompaniya O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan birinchi darajali «Iste’molchi ishonchi» sifat belgisi bilan taqdirlandi.

Mukofot Butunjahon iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan «Iste’molchilar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha eng yaxshi korxona» tanlovi natijalariga ko‘ra topshirildi.

Tanlov g‘oliblari bir qator mezonlar asosida aniqlandi. Maxsus komissiya tomonidan iste’molchilar o‘tasida so‘rovnomalar o‘tkazildi. Tanlov ishtirokchilarining veb-saytlarida mahsulot va xizmatlar haqida to‘liq ma’lumotlar mavjudligi tekshirildi. Iste’molchilarning murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi. Xizmat ko‘rsatish sifati «maxfiy xaridor» usuli yordamida baholandi. Tanlov ishtirokchilari faoliyatiga oid qo‘mitaga kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinib, ijtimoiy tarmoqlardagi jamoatchilik fikri ham o‘rganildi.

Natijada, «Telekommunikatsiya xizmatlari» nominatsiyasida Mobiuz birinchi o‘rinni egalladi.

Mobiuz mobil operatori barcha iste’molchilar va abonentlarga ishonch va kompaniya xizmatlarini tanlayotgani uchun chuqur minnatdorchilik bildiradi!

Kompaniya o‘z mahsulot va xizmatlarini, mijozlarga xizmat ko‘rsatish darajasini doimiy ravishda yaxshilash uchun tinimsiz ishlamoqda. O‘tgan yilning dekabr oyida operator sertifikatlashtirish auditidan muvaffaqiyatli o‘tdi va ISO 9001:2015 «Sifat menejmenti tizimlari» va ISO 37001:2016 «Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimlari» sertifikatlarini oldi.

«Iste’molchi ishonchi» sifat belgisi bizga yanada yuqori mas’uliyat yuklaydi. Biz oddiy va tushunarli shartlarga ega tarif rejalari, xizmat va servislarni joriy etishda davom etamiz. Iste’molchilarning xabardorligi va ofislarda xizmat ko‘rsatish darajasini oshirib boramiz. Joriy yilda biz ushbu yo‘nalishda ko‘plab faolliklarni rejalashtirganmiz, – deydi Mobiuz Bosh direktorining marketing va savdolar bo‘yicha o‘rinbosari Lola Filatova.

Mobiuz faoliyatiga oid qo‘shimcha yangiliklar bilan pr.mobi.uz saytida tanishishingiz mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring