Mobil aloqa xizmatlariga 2019-yildan aksiz solig‘i joriy qilinadi
«O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet mo‘ljallari to‘g‘risida»gi Prezident qarori asosida aksiz solig‘i joriy etilmoqda.
Hujjatga ko‘ra, mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz solig‘i stavkasi ko‘rsatilgan xizmatlarning umumiy qiymatidan 15 foizni tashkil etadi.
Bir vaqtning o‘zida mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lov haqi oyiga 2000 so‘mga pasaytirilyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter