Milliy sertifikat imtihoniga to‘lov qilib, unda qatnasholmaganlar diqqatiga!
![Milliy sertifikat imtihoniga to‘lov qilib, unda qatnasholmaganlar diqqatiga!](https://static.xabaruz.com/crop/7/1/720_460_95_714839831.jpg)
Hozirgi kunda chet tilini bilish darajasini aniqlash, malaka sertifikatini olish uchun test sinovida qatnashish bo‘yicha murojaatlar elektron tarzda my.gov.uz orqali qabul qilinmoqda.
Imtihon uchun to‘lov miqdori qancha?
Milliy sertifikat imtihonlarida qatnashish uchun talabgorlardan BHMning 1,5 baravari (450 ming so‘m) miqdorida to‘lov undiriladi.
Ro‘yxatdan o‘tish my.gov.uz orqali amalga oshirilganda 10% chegirma beriladi (405 ming so‘m).
«Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga esa 50% chegirma qo‘llaniladi.
Imtihonda uzrli sababga ko‘ra qatnasholmagan talabgor:
- Davlat test markazining elektron pochtasiga test sinovlari o‘tkaziladigan kundan kamida uch kun oldin yozma va elektron shaklda;
- gov.uz orqali esa malaka imtihoni o‘tkazilgan sanadan 3 kundan kechikmay murojaat etishi lozim bo‘ladi.
Bunda to‘lovlar qonunchilikda belgilangan tartibda qaytariladi yoki navbatdagi imtihonga yo‘naltiriladi.
Uzrli sabab sifatida:
- talabgorning betobligi;
- xizmat safarida bo‘lganligi;
- oila a’zolarining vafot etganligi kabi hayotiy vaziyatlarni tasdiqlovchi hujjat ko‘rsatilishi (ilova qilinishi) kerak.
Appelyasiya shikoyati qay tartibda beriladi?
Imtihon javobidan norozi talabgorlar natija e’lon qilingan sanadan boshlab 3 ish kuni ichida my.gov.uz orqali apellyasiya shikoyati berish huquqiga ham ega.
Buning uchun:
- “Chet tili imtihoni natijalari yuzasidan apellyasiya berish” xizmati tanlash;
- ariza raqamini kiritish;
- shikoyat mazmunini yozish kifoya.
Murojaat 14 ish kunida ko‘rib chiqiladi.
Xizmat mutlaqo bepul ko‘rsatiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter