«Microsoft» serverlarni uzishi Mail.ru pochtasida muammolar tug‘dirdi
Rossiyaning VK internet-xoldingi (sobiq Mail.ru Group) «Microsoft» serverlaridan uzib qo‘yildi. Amerika softver giganti o‘z serverlarini uzganidan so‘ng Mail.ru pochta servisi faoliyatida muammolar paydo bo‘ldi.
Foydalanuvchilar elektron xatlarga ilova qilingan fayllarni ko‘rish imkoniyatini yo‘qotishdi.
Ma’lumot uchun: VK internet-xoldingi tarkibiga «VKontakte», «Odnoklassniki» va «Moy [email protected]» ijtimoiy tarmoqlari, Pochta Mail.ru pochta servisi, «ICQ», «Agent Mail.ru» va «TamTam» messenjerlari, «Yula» e’lonlar servisi, «Poisk Mail.ru» qidiruv tizimi va boshqalar kiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter