«Microsoft» kompaniyasi «Windows 10» uchun yirik yangilanishni amalga oshirdi
«Microsoft» kompaniyasi «Windows 10» amaliy tizimi uchun keng masshtabli yangilanish (May 2020 Update)ni amalga oshirdi. Bu haqda «The Verge» portali xabar berdi.
Asosiy o‘zgarishlardan biri Windows Update orqali yangilana oladigan o‘rnatilgan Linux-yadroli Windows for Linux 2 (WSL 2) tizimostining ikkinchi talqini yangilanishi bo‘ldi.
Foydalanuvchilar uni Linux-ilovalar bilan to‘laqonli ishlay oladigan WSL 2 ga tatbiq eta olishadi. Endi Linux-ilovalarni ham tizimda xuddi odatiy Windows-dasturlar qatori ishlatish mumkin bo‘ladi.
«Microsoft» kompaniyasi WSL 2 da ham «Windows 10»dagi kabi videokartalar qo‘llanishiga va’da bergan.
Bundan tashqari, endilikda amaliy tizimni o‘rnatish uchun «Windows 10» obrazli saqlagich yoki zaxira nusxa talab etilmaydi. Uni bulutdan yuklab olish mumkin.
O‘zgarishlardan yana biri shuki, bundan buyon fayllarni indeksatsiyalashda disk va protsessorlarga tushadigan bosim kamayadi, shuningdek, qidiruv natijadorligidagi muammo ham tuzatilgan.
Ikkinchi darajali yuklamalar alohida menyuda yig‘iladi.
«Cortana» ovozli yordamchisi ham o‘zgardi. Endi u mustaqil ilovaga aylandi va «Windows do‘koni» orqali o‘rnatiladi.
Yangilanishlar geymerlar uchun alohida qulayliklar taqdim etmoqda. Xususan, displey uchun yangi o‘rnatilgan drayver o‘yinlarda mahsuldorlikni oshirishda qo‘l keladi.
Eslatib o‘tamiz, «Microsoft» mart oyida «Windows 10» interfeysini namoyish etgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter