«Menga ma’quli — «Ucell». Buxoroda kompaniya qanday ishlamoqda? (video)
«Ucell-Buxoro» mintaqaviy filiali tashkil etilganiga 20 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan jurnalistlar uchun qadim Buxoroga press-tur uyushtirildi.
«Ucell» kompaniyasi O‘zbekistonda so‘nggi texnologiyalarni birinchilardan bo‘lib tatbiq etuvchi kompaniya sifatida tilga olinadi. Birgina o‘tgan yilning sentyabr oyida «Coscom» MChJ («Ucell» savdo belgisi) mobil aloqaning beshinchi avlodi — 5G ni sinash jarayonini birinchilardan bo‘lib boshlagan edi. Ma’lumki, bu texnologiya o‘zining yuqori tezlikda ma’lumot uzatish imkoniyatlari bilan innovatsion hisoblanadi.
Zamon texnologik talablariga mos tarzda faoliyat yuritib kelayotgan «Ucell-Buxoro» mintaqaviy filiali tashkil etilganiga 20 yil bo‘ldi.
Shu munosabat bilan «Ucell-Buxoro» mintaqaviy filialiga axborot saytlari vakillari, telejurnalistlar hamda blogerlar ishtirokida press-tur tashkil etildi. Ishtirokchilar kompaniya bosh ofisi, dilerlik manzili hamda baza stansiyalarida bo‘lishdi.
«Ucell-Buxoro» mintaqaviy filiali savdo menejeri Mehriddin Muhamedovga ko‘ra, filial 2000-yili o‘z faoliyatini oddiygina, to‘g‘rirog‘i, ko‘rimsizroq ofisda boshlagan. O‘shanda atigi, 8 nafar xodim ishlagan. Shuningdek, bor-yo‘g‘i, bitta asosiy signal qabul qiluvchi stansiya foydalanishga topshirilgan. U ham Buxoro shahar hokimligi binosi tomida o‘rnatilgan. Bugungi kunda esa, birgina o‘tgan yilning o‘zida Buxoro viloyatida yuqori tezlikdagi ma’lumotlarni abonentlarga uzatish uchun 4G standartidagi 60 ta stansiya o‘rnatilgan va foydalanishga topshirilgan. Ayni paytda viloyatda 450 000 dan ortiq abonentlariga ega kompaniyaning 300 dan ortiq asosiy stansiyalari, 160 ta savdo manzili mavjud. Ularning 30 tasi «Ucell» mono-brend punktlaridir.
— To‘rt yildan beri «Ucell-Buxoro» mintaqaviy filialining Call-markaz operatorlari malaka sifatini tekshirish uchun o‘tkaziladigan «Quiz» test sinovlarida eng yaxshi ko‘rsatkich va birinchilikni egallab kelishmoqda, — deydi M.Muhammedov. — Yaqindan boshlab bevosita mijozlar bilan ishlay boshladik. Tumanlarda «Sayyor qabul»lar o‘tkazyapmiz. Bu nafaqat, mijozlar bilan yanada yaqinlikni, balki ularningg murojaat va shikoyatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘rganish va aniqlash imkonini bermoqda. Asosan deyarli mobil aloqa mavjud bo‘lmagan hududlarda yashaydigan abonentlarda ayrim muammolar uchraydi. Shu nuqtai nazardan, qamrov tarmoqlarni kengaytirishni va baland ustunlarda yangi-yangi stansiyalar o‘rnatishni ko‘zlayapmiz.
Press-tur ishtirokchilari viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi huzurida tashkil etilgan «Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi»da ham bo‘lishdi. Ushbu markazni tashkil etishda xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvatlash, ularning bandligini ta’minlash, huquqbuzarlik profilaktikasini amalga oshirish borasidagi ishlarni takomillashtirish maqsadi ko‘zlangan. Shunga ko‘ra, profilaktik hisobga olingan xotin-qizlarni elektron dasturga kiritish maqsadida «Umidqanoti.uz» elektron dasturi ishlab chiqilgan. Mazkur tizimni amalga oshirishda «Ucell–Buxoro» mintaqaviy filiali alohida o‘rni tutgan bo‘lib, filial tomonidan elektron dastur maxsus qurilmalar orqali viloyatdagi jami 567 nafar mahalliy mutaxassis bilan uzviy ishlaydigan planshetlarga o‘rnatilgan.
«Ucell-Buxoro» mintaqaviy filiali 20 yillik tantana munosabati bilan viloyatning 12 ta tuman va shahridagi mavjud reablitatsiya markazlariga «Ucell» sim-kartalari bilan jihozlangan modem-paketlar sovg‘a qildi. Modem-paketlar elektron kutubxonaga, shu jumladan, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining rasmiy sahifalariga, tadbirkorlikni yaratish uchun yuridik, axborot va maslahat xizmatlarini ko‘rsatishga qaratilgan boshqa saytlarga ulangan.
«Ucell» xizmati haqida kim nima deydi?!
Mirabbos Alimjanov:
— «Ucell» xizmatidan juda ko‘p yillardan buyon foydalanaman. Mamlakatning istalgan manzilidan yaqinlarimga qo‘ng‘iroq qilish imkoniga egaman. Doimiy aloqa, ya’ni antenna mavjud.
Durdona Ahmedjanova:
— «Ucell»ga ulanganimga 14 yil bo‘ldi. Albatta, bungacha boshqa mobil kompaniyalar xizmatlaridan ham foydalandim. Biroq, menga ma’quli — «Ucell».
Press-tur doirasida OAV vakillari «Sabina Begim AIR» firmasi ofisida bo‘lishdi. Salkam o‘n yildan buyon «Ucell» bilan hamkorlik qilib kelayotgan diler Suhrob Po‘latov OAV vakillariga doimiy ravishda abonentlar bilan muloqotda bo‘lib, iste’molchilarning talab va istaklarini o‘rganishini va o‘z faoliyatidan zavqlanishini bildirdi.
«Ucell-Buxoro» mintaqaviy filiali bosh muhandisi Firdavs Imomov Buxoroda asosiy stansiyalarni ishga tushirish va kompaniyaning kelgusidagi rejalari haqida to‘xtaldi.
Press-tur so‘ngida uzoq yillardan buyon kompaniya faoliyatiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan xodimlar diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Reklama huquqi asosida
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter