McAfee asoschisi: vafot etganiga bir yil bo‘ldi, hamon ko‘milmagan...
McAfee kompaniyasi asoschisi Jon Makafining jasadi hamon Ispaniya o‘likxonasida saqlanmoqda, bu haqda bugun, 23-iyun kuni El Diario gazetasi yozdi.
«Bir yil avval vafot etgan Makafining jasadi hamon Barselondagi o‘likxonalardan birida qolmoqda...», — deb yozdi nashr. Gazeta qayd etishicha, jasad AQShga repatriatsiya qilinishi sanasi noma’lum: «Bir qarorga kelish uchun yana oylab vaqt ketishi mumkin».
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning 23-iyunida Ispaniyadagi qamoqxona kamerasida 75 yoshli Makafining jasadi topilgandi. O‘sha kuni Ispaniya milliy sudi soliqlarni to‘lamaganlikda ayblangan Makafini AQShga ekstraditsiya qilish qarorini chiqargandi.
Mavzu doirasida: «McAfee» antivirusini yaratgan Jon Makafi qamoqda o‘lik holda topildi
Bundan avvalroq o‘z bayonotida Makafi hech qachon joniga qasd qilmasligini, agar shunday deyishsa, bu «WHACKD», ya’ni uning o‘ldirilganini anglatishini aytgandi.
McAfee — antiviruslar chiqaruvchi mashhur kompaniya. Undan AQSh davlat idoralari ham ko‘p foydalanadi. Makafi bir gapida o‘ziga ma’lum xususiyatlardan foydalanib, antivirus vositasida AQSh vazirliklari sirlaridan boxabar bo‘la olishi bilan maqtangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter