Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Britaniya politsiyachilari istalgan smartfonni buzib kirish huquqiga ega bo‘ldi

Britaniya politsiyachilari istalgan smartfonni buzib kirish huquqiga ega bo‘ldi

Foto: «Hi-News»

Buyuk Britaniya huquq-tartibot organlari xodimlari mobil telefonlarga buzib kirish va unda saqlanayotgan barcha ma’lumotlarni qo‘lga kiritish uchun xakerlik qurilmalariga ega bo‘ldi, deb xabar beradi «Hi-tech.mail.ru».

Bir tomonlama kuzatuv ob’yekti nafaqat gumonlanuvchilarni, balki jinoyatlar qurbonlari va ularning guvohlarini ham kuzatishi mumkin. Huquq-tartibot organlari xodimlari istalgan vaqtda qo‘ng‘iroqlar va xabarlar haqidagi ma’lumotlarni, shuningdek, foydalanuvchining barcha yozishmalari va internetdagi ma’lumotlarini yuklab olish huquqini qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari gadjet telefon xotirasidagi raqamlarni, fotosuratlar va geolokatsiya ma’lumotlarini ham nazorat qiladi.

Politsiyachilarning bu turdagi texnologiyadan foydalanayotgani haqida mamlakat fuqarolari ogohlantirilmagan. «Privacy International» nashri bunday masalalarda jamoatchilik muhokamasini o‘tkazilishi lozimligini ta’kidlagan.

Tashkilot ekspertlari politsiyachilar o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilishi mumkinligidan xavfsirab, xakerlik vositalaridan foydalanishni nazorat ostiga olinishini talab qilmoqda. Shuningdek, ular kuzatuv ob’yektlari o‘z huquqlari haqida xabardor qilinishini talab etmoqda. Huquq-tartibot xodimlari hozircha ushbu chiqishlarga biror-bir izoh bermadi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring