Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktablarda ota-onalardan pul yig‘ish holatlariga barham berish bo‘yicha petitsiya e’lon qilindi

Maktablarda ota-onalardan pul yig‘ish holatlariga barham berish bo‘yicha petitsiya e’lon qilindi

Foto: «Xabar.uz»

Shu yilning 20-aprel kuni «Mening fikrim» portali ishga tushirilgani haqida xabar bergandik.

Oradan bir hafta o‘tib, portalda dastlabki onlayn-petitsiyalar paydo bo‘ldi. Jumladan, «Maktablarda o‘quvchilardan, ularning ota-onalaridan pul yig‘ish holatlariga barham berish va bunga yo‘l qo‘ygan shaxslarga javobgarlik belgilash lozim» mavzusida murojaat kiritilgan bo‘lib, unda «ushbu salbiy illatga bugun barham berilmasa, kelajakda bolalarimiz maktablarda o‘qish o‘rniga, aytilgan mablag‘ni yetkaza olmaganligi uchun o‘qituvchi va sinfdoshlari oldida izza bo‘lishi, bu esa ularning ruhiy holati va o‘qishiga bo‘lgan qiziqishining susayishiga olib kelishi mumkin» mazmunida fikrlar ilgani surilgan. 

Mazkur onlayn-petitsiya ayni damda 70dan ortiq ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Ovoz berish 90 kun davom etadi. Murojaat Oliy Majlis tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun u kamida 10 mingta ovoz to‘plashi kerak. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari kengashi ko‘rib chiqishi uchun esa — kamida 5000 ovoz, tuman va shahar kengashlari uchun — kamida 1000 ta ovoz to‘planishi zarur.

«Mening fikrim» portalida, shuningdek quyidagi murojaatlar ham joylashtirilgan:

  • Bozorlar hisobidagi do‘kon va rastalarni onlayn ijaraga berish va elektron hisobga olish tizimini joriy etish lozim;
  • Temir yo‘l vokzallariga kirib-chiqishni erkinlashtirish lozim;
  • Ayollar va erkaklar uchun nikoh yoshini bir xil etib (18 yosh) belgilash lozim.
  • Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyat turlari ro‘yxatiga turizm sohasi (mavsumiy xizmat ko‘rsatish)ni kiritish kerak.

Avvalroq, «Mening fikrim» portaliga onlayn-murojaatlar yo‘llash shartlari va talablari haqida to‘xtalib o‘tgandik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring