Maktab o‘quvchisi o‘zbek tilida so‘zlashuvchi robot yasadi
Toshkent viloyati, Chinoz tumani Barkamol avlod bolalar maktabi robototexnika to‘garagi o‘quvchisi Muhammadjon Hamidullayev o‘zbek tilida so‘zlashuvchi robot yasadi.
Asosiy vazifasi insonlar salomatligini nazorat qiluvchi «ROBO-DOKTOR» aholi uchun tibbiy maslahatlar beradi. Bundan tashqari, bemorlarga sanitariya-gigiyena holatlariga nazorat qilish, qon bosimini o‘lchash kabi vazifalarni ham bajaradi.
O‘quvchilar to‘garak darslarida bu kabi ko‘plab qiziqarli loyihalar ustida izlanishlar olib bormoqda, deyiladi Toshkent viloyati hokimligi xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter