Liberiyani internetdan uzib qo‘ygan shaxs 2,5 yilga qamaldi
London sudi uch yil avval xakerlik hujumi uyushtirib butun Liberiyani internetsiz qoldirgan Deniel Keyni 2,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Voqea tafsiloti bilan batafsil BBC ma’lumotida tanishishingiz mumkin.
Key aybiga iqror bo‘ldi, chindan ham Afrika telefon kompaniyasiga aynan u kiberhujum qilgan.
Hukm chiqargan sudya xakerni yosh va aqlli, xullas, qilmishi nimalarga olib kelishini anglay oladigan shaxs deya ta’riflab, u iste’dodini insonlarga zarar keltirishga sarflaganiga achinish bildirdi.
Deniyel Key — Buyuk Britaniyaning Surrey grafligida yashab kelgan havaskor xaker. Uni 2015-yili Liberiyaning eng yirik mobil aloqa va internet provayderi — «Lonestar»ga hujum uyushtirish uchun yollashadi. Buyurtmachi raqobatchi kompaniya — «Cellcom» xodimi. Xakerga har oy 10 ming dollar maosh to‘lab turishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter