«Let’s Enhance» kichkina fotosuratlar sifatini buzmasdan uni kattalashtirib beradi
«Let’s Enhance» sayti sizga eski rasmlar yoki har qanday boshqa piksellari soni kam bo‘lgan fotosuratlar sifatini oshirishda yordam beradi.
Mashina ta’limi va neyron tarmoqlari fotosuratlar va boshqa turdagi rasmlarni yaratishda ommaviy foydalaniladi: yuzlarni aniqlash, MSQRD dasturidagi uch o‘lchamli niqoblar yoki Prisma dasturidagi badiiy filtrlar.
Yangi «Let’s Enhance» sayti fotolar sifatini yaxshilash uchun mashina ta’limini qo‘llaydi. U sifat va detalizatsiyani saqlagan holda rasmni 4 baravarga kattalashtira oladi.
Foto yuklanganidan so‘ng servis uch variantda qayta ishlashni taklif etadi. Magic (Sehrli) rasmning sifatini maksimal tarzda yaxshilaydi va piksellar sonini oshiradi. Boring (Qiziqarsiz) filtri ba’zi artefaktlar, logotiplar va boshqa ortiqcha elementlarni olib tashlaydi. Oxirgi Anti-jpeg filtri esa umuman sezilarli natijaga olib kelmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter