Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

18 yoshli yigitcha «LEGO»dan o‘ziga protez qo‘l yasadi (video)

18 yoshli yigitcha «LEGO»dan o‘ziga protez qo‘l yasadi (video)

Foto: «Hi-News»

O‘ng qo‘li rivojlanmay qolgan Devid Aguilar o‘ziga «LEGO» o‘yinchoqlaridan protez qo‘l yasadi, deb xabar berdi «Hi-News».

Devid yoshligidan «LEGO» konstruksiyalarini o‘ynashni yaxshi ko‘radi va u turli-tuman mashinalar, qayiq va samolyot yasashni uddalaydi. To‘qqiz yoshida u o‘ziga robotlashgan qo‘lni yasashga uringan. Biroq buni o‘sha vaqtda amalga oshira olmagandi, ammo u g‘oyani miyasining bir burchagida saqlab qo‘ygan.

Devid mazkur tajribani oradan to‘qqiz yil o‘tgach, takrorlashga qaror qildi va o‘z ishining natijasi tasvirlangan videoni «YouTube»dagi kanaliga joylashtirdi.

Yangi protez turli vazifalarni uddalashga qodir bo‘lib chiqdi, u turli tomonlarga bukilish bilan birga turli predmetlarni ushlay ham oladi.

Protez minglab kichkita detallardan iborat «Air Race Jet» to‘plamidan yig‘ilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring