«Kun.uz»ning telegram kanali «Verified» belgisiga ega bo‘ldi
«Kun.uz» saytining telegramdagi rasmiy kanali (@kunuzofficial) maxsus Verified (tasdiqlangan) ko‘k belgiga ega bo‘ldi.
Endilikda internet foydalanuvchilari saytning telegramdagi kanalini maxsus ko‘k belgi orqali boshqa soxta kanallardan oson ajratib olishlari mumkin bo‘ladi, deyiladi sayt xabarida.
Bunday belgi O‘zbekistonda shu vaqtgacha faqat prezident Shavkat Mirziyoyevning matbuot xizmati kanaliga (@shmirziyoyev) berilgandi.
Qayd etilishicha, shu kunlarda «Kun.uz»ning telegramdagi kanalida a’zolar soni 500 000 kishilik dovondan o‘tgandi.
Ma’lum qilinishicha, saytning boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi — Instagram, Facebook, YouTube, Twitter va Odnoklassniki sahifalari ham «Verified» belgisini olib bo‘lgan.
«Xabar.uz» jamoasi hamkasblarimiz — «Kun.uz» sayti ijodiy jamoasini ushbu ulkan yutuq va e’tirof bilan samimiy qutlaydi!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter