Korrupsiyaga qarshi — «kumush o‘q»
Misrning Sharm-el-Shayx shahrida bo‘lib o‘tayotgan BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi ishtirokchi davlatlarining 9-Konferensiyasi doirasida BMT TD tomonidan tashkil etilgan «Raqamlashtirish — korrupsiyaga qarshi kurashishda «kumush o‘q» hisoblanadimi? Yetakchi amaliyotchilardan saboqlar» mavzusida maxsus sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ma’ruzachilar tomonidan raqamlashtirish hamda inson omilini cheklashga qaratilgan yangi texnologiyalarni korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonlaridagi o‘rni, bu borada jahondagi so‘nggi tendensiyalari xususida fikr almashildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyati bilan ishtirokchilarni tanishtirdi.
U o‘z ma’ruzasida 2020-yilda qabul qilingan «Raqamli O‘zbekiston-2030» strategiyasida belgilangan asosiy yo‘nalishlar, xususan, 400 dan ortiq ishlab chiqilishi rejalashtirilgan axborot tizimi, elektron xizmat va dasturiy mahsulotlar, uning ijrosini ta’minlash orqali erishilishi ko‘zlangan maqsadlarga to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, qisqa vaqt ichida O‘zbekiston amalga oshirgan ishlar ko‘lami to‘g‘risida ma’lumot berildi. Ta’kidlanganidek, 160 dan ortiq davlat xizmatlarining raqamli tizimga o‘tkazilgani, bir qator ochiq ma’lumotlar portali (xarid.uz, data.gov.uz, my.gov.uz, openbudget.uz) yaratilgani ushbu yo‘nalishlarda korrupsiyaning sezilarli ravishda kamayishiga hamda jamoatchilik nazoratining o‘rnatilishiga sabab bo‘lgani qayd etildi.
Tadbir ishtirokchilari qisqa vaqt ichida O‘zbekiston erishgan natijalar hamda oldiga qo‘ygan ko‘rsatkichlarining asoslanganligini hamda raqamlashtirish va ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston o‘ziga xos yo‘lni bosib o‘tayotganini e’tirof etishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter