Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus simptomlarini qayd etib boruvchi niqob ixtiro qilindi

Koronavirus simptomlarini qayd etib boruvchi niqob ixtiro qilindi

Foto: «Straits Times»

Singapurdagi Materialshunoslik va muhandislik instituti olimlari koronavirus alomatlarini qayd etib boruvchi maxsus datchiklar tizimini ishlab chiqishdi. Uni istalgan turdagi niqobga o‘rnatish mumkin, deb yozmoqda «Straits Times».

Ushbu «monitoring tizimi» datchiklari tana harorati, qonning kislorod bilan to‘yinganlik darajasi (saturatsiya), arterial bosim hamda yurak urishini kuzatib boradi. To‘plangan ma’lumotlar asosida foydalanuvchi koronavirusga chalingan-chalinmaganini bilib oladi.

Tizim polimer material bilan qoplangan sensorlardan iborat — ular odatda bolalar uchun o‘yinchoqlar yasashda qo‘llaniladi. Datchiklar o‘rnatiluvchi materallar egiluvchan va suv o‘tkazmaydi. Tizimda ma’lumotlarni real vaqt tartibida smartfondagi ilovaga uzatib turuvchi Bluetooth qurilma ham o‘rnatilgan.

Foto: «Straits Times»

Tizimni istalgan turdagi (bir martalik va ko‘p martalik) niqobga o‘rnatsa bo‘ladi, chiplarni istalgan paytda yechib olib, niqobni yuvib qayta foydalanish mumkin.

Sentyabr oyi oxirlarida tizim klinik sinovlardan o‘tkaziladi, sinov yaxshi o‘tsa, uni tijoriy foydalanishga chiqarish rejalashtirilgan.

Narxi

Laboratoriya sharoitida bitta tizim yaratish 50 singapur dollari (36,5 AQSh dollari)ga tushishi aytilmoqda. Keng ko‘lamli yo‘lga qo‘yilsa narxi 20 singapur dollari (14,6 AQSh dollari)ga tushishi mumkin ekan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring