Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus, qog‘oz, 47 ta futbol maydoni...

Koronavirus, qog‘oz, 47 ta futbol maydoni...

Foto: «Printeru.info»

COVID-19 pandemiyasi kirib bormagan va ta’sirini o‘tkazmagan soha qolmadi. Masalan, chop etish qurilmalarini olaylik. «IDC» kompaniyasi hisob-kitoblari 2020-yilda pandemiya oqibatida ofis va uy qurilmalari, ya’ni printer va kserokslarda bosib chiqariladigan sahifalar soni keskin qisqarishini ko‘rsatmoqda.

Hisoblashlarga ko‘ra, 2020-yilda jami 2,8 trln. sahifa chop etiladi, bu 2019-yildagidan 13,7 foizga kam — o‘tgan yili kamida 3,2 trln. sahifa chop etilgandi. Kompaniya mutaxassislari barcha xildagi printerlar, ko‘p funksiyali chop etish qurilmalari, A2-A4 formatidagi kserokslarni nazarda tutishgan.

Eng keskin pasayish Shimoliy Amerika va Osiyo-Tinch okeani mintaqasida (Xitoy va Yaponiyani istisno qilganda) kutilyapti.

Ma’lumot uchun: 2019-yilda global miqyosda daqiqasiga 6 milliondan ortiq sahifa chop etilgan edi — tasavvur qiling, bir daqiqada 54 ta futbol maydoniga teng qog‘oz sarflanmoqda (albatta, elektr toki, bo‘yoq va boshqa xarajatlar ham bor). Bunga gazeta va jurnallar, kitoblar, har xil reklamalar kirmaydi. 2020-yilda koronavirus pandemiyasi tufayli global miqyosda printerlar va kserokslar ish hajmi 13,7 foizlik pasayishi hisobiga 54 ta «futbol maydoni»dan 47 tasi qoladi. Yaxshimi — yomon...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring