Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ko‘rish qobiliyatini yaxshilashga yordam beradigan ko‘zoynak yaratildi

Ko‘rish qobiliyatini yaxshilashga yordam beradigan ko‘zoynak yaratildi

Foto: «NV.ua»

«ICI Vision» kompaniyasi Las-Vegasda bo‘lib o‘tayotgan CES 2018 ko‘rgazmasida ko‘z pardasining kasallanishidan aziyat chekuvchi bemorlar hayotini yegillashtiruvchi ko‘zoynaklarni taqdim etdi. «Aqlli» ko‘zoynak sun’iy intellekt va apparat qurilmalaridan foydalangan holda ko‘zi xira odamlarga yorug‘ olamni yaxshiroq ko‘rish imkonini beradi, deya xabar qiladi «NV.ua».

Mitti kameralar, qorachiqning va kompyuter proyeksiyasining harakatini kuzatishga mo‘ljallangan dastur yordamida ushbu ko‘zoynak ko‘z tubidagi sog‘lom ko‘rish qobiliyatini qayta ishlay oladi. Dastur va apparat tizimlari real vaqtda vizual ko‘rishni yaxshilaydi.

«ICI Vision»ning missiyasi insonning ko‘rish qobiliyatini bu turda yaratilgan birinchi optimallashtirilgan individual raqamli platforma yordamida yaxshilashdan iborat», — deyiladi kompaniyaning bayonotida.

Ushbu ko‘rgazmada «Samsung» kompaniyasi ham «Relumino» ko‘zoynaklarini taqdim etdi. U maxsus mobil dastur yordamida smartfon bilan bog‘lana oladi. Bu kabi ko‘zoynaklar tasvirni ravlashlashtirib, ko‘rish sohasini kengaytirgan holda uzatadi.

«Relumino» ko‘zoynagi bir nechta rejimda ishlay oladi. «Oddiy rejim» vaqtida u tasvirni ancha tiniq uzatsa, «o‘zgartirilgan rang» rejimida foydalanuvchilarga sahifa yoki ekrandagi matnni yaxshi o‘qish imkonini yaratadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring