Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kommunal xizmatlarni Click orqali to‘lang va vaqtingizni, mablag‘ingizni tejang hamda kvitansiya oling

Kommunal xizmatlarni Click orqali to‘lang va vaqtingizni, mablag‘ingizni tejang hamda kvitansiya oling

Click vaqtni tejash, kvitansiya va cashback olish uchun kommunal xizmatlarni qanday qilib tez va qulay to‘lash mumkinligi haqida gapirib beradi.

Click qulay funksiyalari yordamida siz gaz, issiq va sovuq suv, isitish, elektr energiyasi va chiqindi uchun to‘lovlarni amalga oshira olasiz. Agar sizga kvitansiya kerak bo‘lsa, siz uning elektron yoki qog‘oz nusxasini olishingiz mumkin. Shuningdek, Click orqali kommunal xizmatlarni to‘laganda 1% cashback olasiz.

Click orqali kommunal xizmatlarni to‘lashni 4 usuli mavjud:

1) Click Up ilovasi

Click Up ilovasida «To‘lov» – «kommunal xizmatlar» bo‘limiga kiring, so‘ng kerakli xizmatni tanlang, shaxsiy ma’lumotlaringiz, hisob raqamingiz, hamda mablag‘ miqdorini kiriting va «To‘lash» tugmasini bosing.

Ilovada balansni, oxirgi to‘lov va kommunal xizmatlar (elektr energiyasi, gaz va hokazo) ko‘rsatkichlarini ko‘rish mumkin.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida, Click Up ilovasida «Mening uyim» servisidan foydalanish mumkin. Uning yordamida barcha kerakli servislarni bir joyda to‘plash va bir «Click»da to‘lash mumkin. Shuningdek, servisda oylik xarajatlarni kuzatib borish va bir nechta xonadon uchun to‘lovni alohida amalga oshirish mumkin.

2) @clickuz Telegram-boti

@clickuz Telegram-boti orqali to‘lovlarni amalga oshirish – tez, qulay va ishonchli. Agar ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz, botda ro‘yxatdan o‘ting. So‘ng, Telegram-botda «To‘lovlar» bo‘limiga kiring, kommunal to‘lovlarni tanlang, kerakli ma’lumotlarni kiriting va to‘lovni amalga oshiring.

Shuningdek, botda «Mening uyim» xizmati mavjud.

Telegram-botda ham, Click Up ilovasida ham, tizim avval o‘tkazilgan to‘lovlar hisob raqamlarini o‘zi ko‘rsatadi, va ularni eski kvitansiyalarda qidirish yoki eslab qolish shart emas.

3) USSD orqali to‘lovlar

Internet mavjud bo‘lmagan hollarda ham mobil telefonda ishlovchi qulay servis. *880# qisqa raqamini tering, «To‘lov» – «Kommunal to‘lovlar» bo‘limiga kiring, kerakli ma’lumotlarni kiritib, to‘lovni amalga oshiring.

4) my.click.uz saytida shaxsiy kabinet

Kommunal to‘lovlarni kompyuter yordamida my.click.uz saytida «Shaxsiy kabinet» orqali amalga oshirish mumkin. Click ulangan telefon raqami hamda PIN-kod kiritilganidan so‘ng, barcha servislardan shu bilan birga kommunal to‘lovlardan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ladi. So‘ng, kerakli bo‘limni tanlash va to‘lovni amalga oshirish lozim.

To‘lov kvitansiyasini qanday olish mumkin?

Ayrim hollarda muvaffaqiyatli o‘tgan to‘lovlar haqidagi kvitansiyalar kerak bo‘lishi mumkin. Aynan shunday vaziyatlar uchun Click tizimida elektron kvitansiyani yuklab olish yoki qog‘ozli nusxasiga pochta orqali buyurtma berish imkoniyati mavjud. 

Elektron kvitansiyalarni Click Up ilovasida, my.click.uz saytining «Shaxsiy kabinetida» va @clickuz Telegram-botida yuklab olish mumkin. Elektron kvitansiyasni printerda bosib chiqarish yoki telefonda saqlash mumkin.

Agar sizga qog‘ozli nusxasi kerak bo‘lsa, @clickuz Telegram-boti orqali «To‘lov» – «Kvitansiyaga buyurtma berish» bo‘limida kvitansiyaga buyurtma berishingiz mumkin. Bot kategoriyani tanlashni so‘raydi va oxirgi to‘lovlar ro‘yxatini taqdim etadi (10 donagacha to‘lov tanlash mumkin). Shuningdek, kerakli ma’lumotlarni kiritishingizni so‘raydi: qabul qiluvchi ism-sharifi, manzili. Muhim: ma’lumotlar to‘g‘ri kiritilishi bilan bog‘liq mas’uliyatni foydalanuvchi o‘z bo‘yniga oladi.

Endilikda to‘lash uchun yo‘lga yoki navbatda turishga vaqt sarflash shart emas, barcha kommunal to‘lovlarni «Click»ga ishonib topshirish mumkin. Click yordamida siz nafaqat vaqtingizni, balki kommunal to‘lovlar uchun 1% cashback olib, mablag‘ingizni ham tejaysiz. «Click»ni tanlar ekansiz, siz manfaat, qulaylik va ishonchlilikni tanlaysiz. Kompaniya foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida, Click tizimi orqali o‘tuvchi to‘lovlar xavfsizligi va ishonchliligi haqida qayg‘uradi.

Veb-sayt: https://click.uz/

Telegram: https://t.me/click_uz

Telegram-bot: https://t.me/clickuz

Instagram: https://www.instagram.com/clickuz/

Facebook: https://www.facebook.com/click.uz

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring