Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yagona portalda yangi xizmat yo‘lga qo‘yildi

Yagona portalda yangi xizmat yo‘lga qo‘yildi

Odamlar turli hayotiy vaziyatlar, masalan, ishining o‘zgarishi, o‘qishga kirishi, yangi manzilga ko‘chishi va boshqa sabablar tufayli ijara bilan bog‘liq muammolarga duch kelishadi.

Endi yuridik va jismoniy shaxslar YaIDXPning yangi xizmati orqali ko‘chmas mulkni ijaraga berish shartnomasini soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin.

Xizmat to‘liq avtomatlashtirilgan hamda shartnomaning ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi ma’lumot tezkor taqdim etiladi.

Buning uchun ariza beruvchi YaIDXPda avtorizatsiyadan o‘tadi va ijaraga beruvchi sifatida ma’lumotlarni to‘ldiradi.

So‘ngra ijaraga oluvchiga shartnoma loyihasi uchun identifikatsiya kodini beradi. Yoki kodni ijaraga oluvchining o‘zi «Ariza (loyiha)ni tekshirish» orqali olishi mumkin.

Ijaraga oluvchi shartnoma loyihasini identifikatsiya kodi yordamida tasdiqlab, arizani to‘ldirishni davom ettiradi va jo‘natadi.

Shartnoma avtomatik ravishda tuziladi. Ro‘yxatdan o‘tgan shartnomani yuklab olish mumkin. Shuningdek, shartnoma muddati tugagach, uni bekor qilish hamda qayta tuzish imkoniyati ham mavjud.

Ko‘chmas mulkni ijaraga berish shartnomasini soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun quyidagi havolaga o‘ting: https://my.gov.uz/uz/service/376

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring