Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kelajagingizni IT-Market bilan yarating!

Kelajagingizni IT-Market bilan yarating!

Internet texnologiyalari olamida mehnat bozori tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. IT-Bilimlarini Rivojlantirish Markazi Sizga IT-Market platformasi va IT-Resruitment loyihasi orqali ish topish hamda mutaxassislarni ishga olish bo‘yicha eng yaxshi yechimlarni taklif etadi.

IT-Market: Bo‘sh ish o‘rinlari va rezyumelarni o‘zida mujassam qilgan platforma

IT-Market - ish izlovchilar va ish beruvchilarni birlashtirgan ekotizimdir. Hozirda platformada 1521 ta bo‘sh ish o‘rinlari va 1807 ta rezyume mavjud. Ushbu rezyume egalaridan 1265 nafari muvaffaqiyatli ishga joylashtirildi. Platformadagi bo‘sh ish o‘rinlarining toifalar bo‘yicha batafsil taqsimoti:

- Sun’iy intellekt (AI) - 19;

- 1S dasturchi - 36;

- Loyiha menedjeri - 52;

- Tahlilchi - 66;

- Tizim/tarmoq administratori - 67;

- Menedjerlar - 99;

- Dizaynerlar - 156;

- IT-loyiha boshqaruvchisi - 494;

- Dasturchilar - 532.

Talab ko‘p bo‘lgan mutaxassislar:

- Project Manager;

- Fullstack Developer;

- Backend Developer;

- Frontend Developer;

- Data Scientist.

Biz 50 dan ziyod yetakchi kompaniyalar, jumladan H&K Group, Venkon Group, EBM Digital, Fina2, Softline, UZCOSMOS va boshqa IT-tashkilotlar bilan hamkorlik qilamiz. Bu o‘z navbatida bo‘sh ish o‘rinlari va nomzodlar bo‘yicha eng yaxshi takliflarni berishimizga imkon yaratadi.

IT-MARKET Telegram kanaliga a’zo bo‘ling va o‘z karerangizni biz bilan yarating!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring